«Qizlar maktabi» loyihasi asoschisi Yoshlar Parlamenti raisi maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

«Qizlar maktabi» loyihasi asoschisi Yoshlar Parlamenti raisi maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

O’qilishi: 1 daqiqa
Muallif: Shahnoza Abdurashidova

2021 yil 23 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining navbatdagi yalpi majlisi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisining o’zgarishi munosabati bilan yangi nomzod ko’rsatildi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Keyinchalik 2021 yil 24 aprelda keng muhokamalar va takliflar asosida navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi. Natijada, Yoshlar parlamenti raisining o’rinbosari Akbarshoh Teshaboev qonunchilik jarayoni uchun mas’ul etib tayinlandi. Shu bilan birga, Yoshlar parlamenti a’zosi Nilufar Kiyamova Yoshlar parlamentida KPI tizimini joriy etish bo’yicha rais maslahatchisi etib tayinlandi.

2020 yil kuz oyida «Qizlar maktabi» loyihasining asoschisi va menejeri Nilufar Kiyamova bir ovozdan Yoshlar parlamentiga O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod sifatida saylandi. U Yoshlar Parlamentida volyontyorlikni rivojlantirish qo’mitasining faol a’zosi edi.

Maktab jamoasi Nilufarga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilaydi.